Caution! Unverified Website!
The identity of this user has not yet been verified. Please make transactions at your own risk!
1945-yil 1-sentabrda Buxoro birlashgan pedagogika va o‘qituvchilar institutining Qarshi filiali sifatida faoliyat boshlagan mazkur filial 1949-yil 27-oktabrda ikki yillik o‘qituvchilar tayyorlash institutiga, 1956-yil avgustidan Qarshi davlat pedagogika institutiga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28 fevraldagi “Yangi oliy o‘quv yurtlari tuzilishi haqida”gi Farmonining bajarilishi choralari haqida”gi 125-sonli Qarori bilan Qarshi davlat universiteti maqomi berildi va ta’lim muassasasida shu davr mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyoti soha va tarmoqlari uchun 70 ming nafardan ortiq, shundan 30 ming nafarga yaqin malakali kadrlar mustaqillik yillarida tayyorlandi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidan borayotgan bir paytda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir.
Universitetda moddiy-texnik bazaning rivojlanishi, Davlat ta’lim standartlarining takomillashtirilishi, reyting tizimining o‘quv jarayoni asosini tashkil etishi, o‘quv adabiyotlari va elektron axborot ta’lim resurslari bilan ta’minlanishining talab darajasida bo‘lishi – yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun mustahkam baza hisoblanadi.
Mustaqillik ruhini talabalar ongiga singdirish, ozodlik, vatanparvarlik kayfiyatini qaror toptirish o‘tilayotgan har bir darsning asosiy maqsadiga aylantirilgan. O‘quv jarayoni ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilmoqda.
Universitetda 8 ta: Ijtimoiy fanlar, Filologiya, Xorijiy tillar, Pedagogika, San’atshunoslik, Fizika-matematika, Tabiiy fanlar, Jismoniy madaniyat fakultetlari hamda 37 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi.
Universitetning 39 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 19 ta magistratura mutaxassisliklarida 2019-2020 o‘quv yili holatida 12200 nafar (shulardan, bakalavriatda -7636 nafar, maxsus sirtqida-2209 nafar, sirtqi ta’limda-1363 nafar, ikkinchi mutaxassislik-806 nafar, magistraturada 186 nafar) talaba tahsil olmoqda.
Universitetda 600 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Ulardan 193 nafari ilmiy darajali professor-o‘qituvchilardir. Shundan 25 nafari fan doktori, professorlar, 143 nafari fan nomzodi, dotsentlar va 25 nafari falsafa doktori (PhD). Ilmiy salohiyat 33% ni tashkil qiladi.
Universitet qoshida akademik litsey faoliyat ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda "Axborot resurs markazi", "Axborot texnologiyalari markazi", "Noshirlik", "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyi, "Viloyat mintaqaviy til o‘rganish", "Kurash", "Sog‘lomlashtirish", "Tikuvchilik" markazlari mavjud.
O‘quv jarayonini Davlat ta’lim standartlarida ko‘rsatilgan talablar asosida olib borish maqsadida 17ta o‘quv laboratoriyalari, 6ta lingafon sinflari, ustaxonalar, tajriba ishlab chiqarish maydonchalari tashkil etilgan.
Axborot resurs markazi (ARM)da bepul internet xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, videokonferensiya qurilmalari mavjud bo‘lib, o‘quv jarayonlarida samarali foydalanilmoqda. ARMda 220 o‘rinli o‘quv zallari mavjud.
Axborot-resurs markazining umumiy kitob fondi 323666tani tashkil etadi. Shundan 70364tasi darslik va 74115tasi o‘quv qo‘llanmalardir. Fond 2018-yilda 4675 dona yangi kitoblar bilan to‘ldirildi.
Ta’limning sifat va samaradorligini oshirish uchun axborot resurs markazida 239 ta fandan elektron o‘quv-uslubiy majmualari jamlangan.
Zamonaviy axborot texnologiyasi va yangi pedogogik texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish uchun 18 ta elektron doska, 54 ta videoproyektor o‘rnatildi. O‘quv jarayoniga 511 dona kompyuter, dekanat, kafedralar hamda bo‘limlarda 312 ta kompyuterlar foydalanilmoqda. Universitetda 686 dona kompyuter korporativ tarmoq hamda Internet tarmog‘iga ulangan.
Xalqaro hamkorliklar doirasida quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda:
Koreya elchixonasiga qarashli KOICA tashkiloti bilan 2010 yilda shartnoma tuzilgan bo‘lib, 2017 yilning 19 iyunidan 2019 yilning 25 mayigacha koreys tilidan Kim Yong Nam, tibbiyot bo‘yicha Kim Woo Tea faoliyat olib borgan bo‘lsa, 2018 yilning 25 mayidan 2020 yilning 27 mayigacha tasviriy san’at bo‘yicha volontyor Won Yei Ji universitetda o‘z faoliyatlarini yuritadilar. 2019 yil 25 mayda volontyorlar Kim Yong Nam va Kim Woo Tea o‘z faoliyatlarini muvaffaqiyatli yakunladilar. 2019 yil 22 maydan 2021 yil 25 martgacha koreys tili volontyori Kim Yeonung universitetda o‘z faoliyatini boshladi. Jumladan, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi volontyori Lee Young LI universitetdagi faoliyatini 2019 yil 26 avgustdan 2021 yil 1 iyulgacha davom ettiradi. 2019 yil 4 iyulda KOICA tashkiloti O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Qashqadaryo viloyati ijtimoiy, ta’lim sohasi xodimlariga KOICA volontyorlik dasturi va volontyor taklif qilish tartibi xususida KOICA direktori o‘rinbosari Pak Mi va A.Shomirzayev tomonidan seminar o‘tkazildi. AQShning Fulbrayt dasturi doirasida Kate P.Phillips ingliz tili yo‘nalishi talabalariga ingliz tilidan debat usulida mashg‘ulotlar olib bormoqda. Universitetda 2010 yildan buyon Turkmaniston fuqarolariga ta’lim xizmati eksporti bo‘yicha hamkorlik ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. 2019-2020 o‘quv yilida 25 nafar Turkmaniston yoshlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirdi. Mazkur o‘quv yilida 5 nafar 4-kursda, 16 nafar 3-kursda, 30 nafar 2-kursda, 25 nafar 1-kurs va 1 nafar talaba magistraturada tahsil olmoqda. 2018-2019 o‘quv yilida 12 nafar xorijiy fuqarolar Yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirishdi. Shuningdek, 2019-2020 o‘quv yilida 1 nafar Tojikiston fuqarosi, 2 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarolari universitetga o‘qishga qabul qilindi.
2019 yilda universitet AQShning Jahon banki va Xalqaro Rivojlanish Assotsiatsiyasi, OO‘MTVning Akademik innovatsion fondining 2 loyihasida ishtirok etmoqda.
“O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” (“MT+TBB 18” modeli). Loyiha mablag‘i – 140 000 AQSH dollari; Loyihaning muddati: 01.03.2019- 01. 03.2021 y.y.;
Loyiha hamkorlari: Qarshi davlat universiteti, Belgorod davlat Milliy tadqiqotlar universiteti (Rossiya); Buxoro davlat universiteti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zRDTM.
Loyihaning maqsadi: Talabalarning bilimini baholashda shaffoflikka asoslangan texnologiyalar ishlab chiqish; Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholash uchun takomillashgan mexanizmni ishlab chiqish; Masofaviy ta’limni joriy etish uchun dastlabki sharoitlar yaratish.
“Qarshi davlat universiteti va Qashqadaryo viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida talabalarni o‘qitish sifatini yaxshilashga qaratilgan munosabatlarni mustahkamalash”. Loyiha mablag‘i – 91 000 AQSH dollari; Loyihaning muddati: 01.03.2019- 01. 03.2021 y.y.;
Loyiha hamkorlari: Qarshi davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qashqadaryo viloyati ishlab-chiqish korxonalari.
Loyihaning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining faoliyatini baholashning takomillashgan mexanizmini ishlab chiqish, yetakchi korxonalarda mavjud bo‘lgan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va uskunalarida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, ishlab chiqarish korxonalarini ilmiy va texnologik muammolari asosida talabalarning magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy ishlarini tashkil etish, korxonalarda ishlab chiqarish talablarini hisobga olgan holda o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, korxonalarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish, ularni maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.
2019 yil 11-13noyabrda Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti rektori Poluxin Oleg Nikolayevich boshchiligida delegatsiya universitetga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Kuchmistiy Vladislav Anatolyevich, Yer fanlari instituti direktori Ignatenko Ignat Mixaylovich, Ta’lim siyosati departamentining o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish bo‘limi boshlig‘i SHevchenko Valentina Nikolayevnalardan iborat bo‘lib, uchrashuvda QarDU va Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq samarali hamkorlikning kelgusi istiqboli muhokama qilindi. Maktabgacha va Boshlang‘ich ta’lim, Biologiya yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturi imzolashga kelishib olindi hamda qo‘shma ta’lim markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2018-2019 yillarda 10 nafar talabalar Prezident va Davlat stipendiyalari g‘oliblari bo‘lishdi. Jumladan, 1 nafar talaba Prezident, 5 nafari Navoiy, 2 nafari Mirzo Ulug‘bek, 2 nafari Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishdi. Bundan tashqari iqtidorli talabalardan 17 nafari 30ga yaqin xalqaro, 21 nafari 38ga yaqin respublika miqyosidagi tanlov hamda sport musobaqalarida faol ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
2018-yil Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilgan III Paraosiyo o‘yinlarida Jismoniy madaniyat fakulteti sportchi-talabalaridan Toshpo‘latova Shohsanamxon 3 ta oltin, 4 ta kumush medallarini qo‘lga kiritib, 400 metrga erkin suzish bo‘yicha Osiyo rekordi, 100 metrga baterfley usulida suzishda Osiyo rekordi, 100 metrga chalqancha suzish bo‘yicha Osiyo rekordini, Amilova Fotimaxon 4 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, 100 metrga brass usulida suzishda Jahon rekordi, 200 metrga kompleks suzish bo‘yicha Jahon rekordini, 100 metrga erkin suzish bo‘yicha Osiyo rekordini, 50 metrga erkin suzish bo‘yicha Osiyo rekordini o‘rnatdi. Qarshi davlat universitetining “Ziyo” talabalar teatr studiyasi har yili o‘tkaziladigan respublika ko‘rik-tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Oliy va o‘rta maxsus vazirligi tashabbusi bilan 2019 yilning 16-18-dekabr kunlari Talabalar forumi doirasida o‘tkazilgan Talabalar teatr studiyalari festivalida “Ziyo” talabalar teatr studiyasi “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasida “Nahshab afsonasi” spektakli bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Universitet kafedralarining aksariyati viloyatdagi akademik litsey, kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qiladi va u yerda kafedralarning filiallari tashkil etilgan.
Hozirgi kunda universitet dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va mamlakatimizning 70ga yaqin oliy ta’lim muassasalari bilan videokonferensiya o‘tkazish imkoniyatiga ega. Jumladan: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent yuridik instituti, Guliston davlat universiteti, Andijon xalq xo‘jaligi instituti, Farg‘ona davlat universiteti, Nukus davlat universiteti va Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutlari bilan hamda xalqaro miqyosda Angliyaning Shimoliy London universiteti va Fillandiyaning Oulu universitetlari bilan videokonferensiyalar o‘tkazilib kelinmoqda.
This site was designed with Websites.co.in - Website Builder
We appreciate you contacting us. Our support will get back in touch with you soon!
Have a great day!
Please note that your query will be processed only if we find it relevant. Rest all requests will be ignored. If you need help with the website, please login to your dashboard and connect to support